Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

"Trastbank": 28 yil ishonch bilan yuzma-yuz

Yangilangan sana: 21 Iyun 2022, 11:42
"Trastbank":  28 yil ishonch bilan yuzma-yuz
21 Iyun 2022

21-iyun kuni O‘zbekistonning innovatsion banklaridan biri – “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 28 yoshga to‘ldi. Ushbu moliya muassasasi faoliyatining yuksak barqarorligi va xodimlarining professional mahoratidan dalolat beruvchi tarixiy davrdir.

Muvaffaqiyatimiz kaliti bu ko'p yillar davomida bizga ishonadigan va hamkorlik qiladigan mijozlarimiz va hamkorlarimizdir.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 13 ta filial va 100 ga yaqin Bank xizmatlari markazlari tomonidan mijozlarga bank xizmatlari va mahsulotlari ko'rsatib kelinmoqda.

Albatta, ortda qolgan yillar mobaynida ko'plab muvaffaqiyatlarga erishildi. 1994-yilda tashkil etilgan “Trastbank” qisqa vaqt ichida respublikada eng yirik xususiy banklardan biriga aylandi, O‘zbekistondagi yetakchi banklar orasida mustahkam o‘rin oldi.
Bank Fransiya sanoatini rivojlantirish assotsiatsiyasining islohot g'oyalari uchun Yevropa faxriy mukofoti "Oltin medali" laureati sifatida e'tirof etildi.

Bankning bozordagi mavqeyining ortib borayotgani, aktivlarning yaxshi sifati, kapitallashuvi va rentabelligining o‘sishi “Axbor-Reyting” axborot-reyting agentligi auditidan o‘tishda vosita bo‘lib xizmat qildi, natijada bankning kredit reytingi yuqori bo‘ldi. Mazkur reyting qayta-qayta yangilanib, darajasini oshdi.

Yana bir muhim jihat, "Trastbank" O'zbekistondagi banklar orasida birinchilardan bo'lib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ISO xalqaro sertifikatiga ega bo'ldi.

Bankning milliy miqyosdagi kredit reytingi oshishiga ISO 9001:2015 standartlarining joriy etilganini ta'kidlash joiz.

Bunday yutuq va muvaffaqiyatlar, xalqaro e'tiroflarni ko'plab keltirish mumkin. Biroq ular orasida eng oliysi - bu Siz, aziz mijozlarimizning ishonchi.

Bank har yili yangi moliyaviy xizmatlar bozoridagi o'z mavqeyini mustahkamlamoqda va geografiyasini ham kengaytirmoqda.

Bugungi muvaffaqiyatimizga hissa qo‘shgan, yuksak cho‘qqilarni zabt etishimizga yordam bergan va biz bilan birga yangi marralar sari intiluvchi barcha xodimlarimiz, aksiyadorlarimiz, mijozlarimiz va hamkorlarimizga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.

Biz mijozlarimizga ishonch uchun tashakkur aytib, bundan keyin ham samarali va uzoq muddatli hamkorlikka chorlab qolamiz. Zero, "Trastbank" - ishonch bilan yuzma-yuz!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 707
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech