Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” bolalarning baxtli kelajagi uchun qayg'uradi!

Yangilangan sana: 25 Avgust 2023, 15:56
“Trastbank” bolalarning baxtli kelajagi uchun qayg'uradi!
25 Avg 2023

 Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol insonni voyaga yetkazishga intilish xalqimizga xos milliy xususiyatlardandir. Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham o‘z faoliyati davomida yosh avlodni har tomonlama yetuk, salohiyatli, komil insonlar etib tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

7k.JPG

    An’anaga muvofiq, 2023-2024 yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan moliya muassasasining bosh ofisida  “Trastbank” xodimlarining 1-sinfga qadam qo‘yayotgan bolajonlari uchun “Salom, maktab” shiori ostida bayram tashkil etildi.

3k.JPG

    Unda “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Normuhamedov so‘zga chiqib, bolajonlarni yaqinlashib kelayotgan yangi oʻquv yili bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga maktabda beriladigan yangi bilimlarni osonlik va ishtiyoq bilan o‘rganishlarini, ilk o‘quv yili qiziqarli voqealarga boy, yangi g‘alabalar va yutuqlarga to‘la bo‘lishini tiladi.

2k.JPG

    Tadbirda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan maktab sumkasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari hamda qiziqarli interaktiv o‘yinlar  jajjigina yurakchalari bir olam quvonchga toʻlgan bolajonlarga bir olam zavq va shavq bagʻishladi.

6k.JPG

5k.JPG

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 106
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech