Bugun, 21-oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan bir qator bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, Bosh ofis va Amaliyot boshqarmasi xodimlari uchun kitoblar savdosi yarmarkasi tashkil etildi. Unda “Taskin kitoblar” nashriyoti tomonidan o‘zbek hamda jahon adabiyotining durdona asarlari, bolalar adabiyotlari, shuningdek, tarixiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-iqtisodiy kitoblar taqdim qilindi.
Yarmarkada nafaqat moliya muassasasi xodimlari, balki mijozlar ham turli badiiy adabiyotlar bilan tanishish va xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
302