Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” da mikroloyihalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” da mikroloyihalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
4 Iyun 2024

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tijorat banklari tomonidan o‘tkazilayotgan mikroloyihalar uchun “Ochiq eshiklar kuni”da faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, bugun “Trastbank” XAB ning bosh ofisida mikroloyihalar uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.9,2
9.3Kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mikroloyihalarni tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatish, aholini bandligini ta’minlashga hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Bank rahbariyati va poytaxtimizdagi Bank xizmatlari ofislari mutaxassislari, mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.9.4.
9.5Shu yerning o'zida biznes yuritish, mikroloyihalarni amalga oshirish va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadidagi tadbirkorlar bilan ko'plab istiqbolli mikroloyihalar o'rganilib atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, bankimizning malakali mutaxassislari tomonidan tashrif buyurganlarga biznes uchun muhim bo‘lgan bank mahsulotlari tanishtirilib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar rasmiylashtirish, mavjud xizmat va imtiyozlardan foydalanish yo‘llari haqida tushunchalar berildi.9.1.1Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, “Trastbank” XAB tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 36 oy muddatga, yillik stavkasi 25 foizdan, asosiy qarz bo‘yicha 6 oy imtiyozli davr bilan tadbirkorlik subyektlarga kreditlar ajratish tizimi joriy qilingan bo‘lib, yangi ish o‘rinlarini yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga ular yaratadigan ish o‘rinlari soniga qarab kredit foiz stavkalari pasaytirib borilishi ko‘zda tutilgan.9.1.2.Shuningdek, Toshkent shahrida aholining tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rag‘batlantirishga qaratilgan kreditlar bo‘yicha joriy yil boshidan iyun oyiga qadar jismoniy shaxslarga jami 156 132 mln so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, shundan, “Biznesga birinchi qadam” loyihasi bo‘yicha 120 mln so‘m, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslarga tadbirkorlikni boshlash uchun 156 012 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.9.1.3.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 424
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech