Joriy yilning 18-noyabr kuni “Trastbank” XAB Amaliyot boshqarmasi hamda “Bektemir”, “Darxon”, “Toshkent” va “Yakkasaroy” bank xizmatlari ofislarida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir mijozlar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga, ularning fikr va takliflarini o‘rganishga, shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Bank rahbariyati, Amaliyot boshqarmasi, bank xizmatlari ofislarining mutasaddilari tomonidan tashrif buyurgan mijozlar, tadbirkorlarning savollariga atroflicha javob qaytarildi. Qolaversa, moliya muassasasida yo‘lga qo‘yilgan bank xizmatlari va kredit mahsulotlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, tadbirkorlar uchun ko‘rsatiladigan yangi xizmatlar haqida ham taqdimotlar qilindi.