Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun tadbir tashkil etildi

Yangilangan sana: 31 Yanvar 2025, 18:12
“Trastbank”da onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalar uchun tadbir tashkil etildi
31 Yan 2025

 Jajji bolalarning yuzidagi tabassum, ko‘zidagi quvonch kishiga zavq bag‘ishlaydi. Tabiiyki, har bir ota-ona, inson borki, murg‘ak qalblarning shodonligi uchun intiladi, harakat qiladi. Zero, bu munavvar olamda baxtning haqiqiy ifodasi bo‘lgan bola kulgusidan yoqimliroq ovoz yo‘qdir.2

3 Bugun, 31-yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasi doirasida onkologik va onkogemotologik kasalliklarga chalingan bemor bolalarni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadbir tashkil etildi. Bolajonlar hamda ularning ota-onalari uchun bayramona dasturxon bezatilib, ertak qahramonlari ishtirokida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.4
5 Bundan tashqari, tadbirda bank xodimlari bemor bolalar tomonidan chizilgan suratlar, yaratilgan qo‘l mehnatlarini sotib olishdi. Qolaversa, mazkur ijodiy ishlar aslida bebaho ekanligini ta’kidlab, doim ular bilan birga ekanligini bildirdi.6

13
7 “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasining “Umid” nomli sur’ati ham moliya muassasasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, mijozlar e’tiborini tortdi va chinakam ma’noda talash bo‘ldi. Shuningdek, “Trastbank” tomonidan onkologik va onkogemotologik xastaliklar bilan kurashayotgan bolalar uchun homiylik mablag‘lari yo‘naltirildi.8

9 Umuman olganda, jasorat timsoli bo‘la oladigan ushbu qahramonlarning yuzidagi tabassumni ko‘rib beixtiyor quvonasan, kishi. Aslida maqsad ham shu – ularga quvonch ulashish!10

11 Bolajonlarimizning yonimizda, bag‘rimizda ekanligi mo‘jiza. Borliqning o‘zi mo‘jiza. Unga ishon, mo‘jizaga ishon!12

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 127
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech