“Trastbank” XAB “Venkon” kompaniyasi bilan hamkorlikda buxgalteriya hamda bank xodimlari qulayligi uchun “Dibank” tizimini tadbiq etdi.
Korporativ mijozlar uchun navbatdagi qulaylik – endi “1C” yoki “Didox” dasturida shakllantirilgan barcha to‘lov hujjatlari avtomatik tarzda bankka yetib boradi, kirim-chiqim mablag‘lari esa hisob tizimida darhol namoyon bo‘ladi.
“1C” dasturidagi “To‘lov topshiriqnomasi” elektron hujjatida yaratilgan “Bankka jo‘natish” tugmasi to‘lov topshiriqnomalarini imzolab, bankka yuboradi. Kirim to‘lovlari, memorial orderlar, to‘lov talabnomalari va inkassa topshiriqlari bo‘yicha hisobdan chiqarish xizmatlari soddalashdi.
Xodimlar plastik kartalariga tushiriladigan ish haqi reyestri ham “1C”dan yuborish mumkin.
Trastbank hisobchilar mehnatini qadrlaydi!