Bugun, 4-sentabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda “School 21” nodavlat ta’lim muassasasi o‘rtasida yoshlarni axborot texnologiyalari sohasiga yo‘naltirish, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasida yuqori salohiyatli kadrlar bazasini yaratish, o‘quv muassasasi tahsil oluvchilari orasidan tanlov asosida saralab olingan mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish hamda hamkorlikda yetuk kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Memorandumda o‘quvchilar uchun Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tizimida ish o‘rganish uchun amaliyotlar tashkil etish, maxsus dasturlarni amalga oshirish orqali amaliyotdada muvaffaqiyatli qatnashgan, iqtidorli maktab bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni hamjihatlikda olib borish ham nazarda tutilgan. Ushbu loyiha doirasida milliy va xalqaro mutaxassislar va ekspertlarni jalb qilgan holda qo‘shma seminarlar, xalqaro anjumanlar, simpoziumlar, davra suhbatlari, treninglar va mahorat darslari, “Axborot texnologiyalari kuni”, “Ish beruvchilar kuni” va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
160