Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank hamda YODJU o‘rtasida memorandum imzolandi

Yangilangan sana: 16 Iyul 2021, 18:40
Trastbank hamda YODJU o‘rtasida memorandum imzolandi
16 Iyul 2021

“Trastbank” XAB hamda Toshkent shahridagi YoDJU texnika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Trastbank rahbariyati o‘z jamoasi xodimlarining tajribasi, saviyasi va intiluvchanligini doim qadrlab kelgan. Ularning bilim darajasini zamonga xos ravishda yuksaltirib borish, texnik yangiliklarni tadbiq etishda malakasini shakllantirish – nafaqat kadrlar siyosati talabi, balki bank kelajagi uchun ham muhim shartlardan biri.

Bu borada bankimizning amalga oshirayotgan va ko‘zlangan rejalari sinchkovlik bilan tuzilgan. 2021-yilning o‘zida:

- 122 nafar talaba Trastbankda stajirovka va amaliyot o‘tamoqda;
- 99 nafar Trastbank xodimi bank tavsiyasi asosida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqda.

2020-2021-yillarda oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan 17 nafar yosh va g‘ayratli talabalar esa Trastbank jamoasiga qabul qilindi.

Kadrlar malakasini takomillashtirish maqsadida Trastbank muttasil ravishda trening, o‘quv kurslari va boshqa maxsus mashg‘ulotlar bilan cheklanib qolmasdan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Moliya instituti, Webster Tashkent universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Endi anu shu nufuzli o‘quv yurtlari qatoriga YoDJU texnik instituti ham qo‘shildi.

3

15-iyul kuni Trastbank hamda YoDJU texnik instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida Institutning “Bank ishi”, “Moliya”, “Buxgalteriya”, “Biznesni boshqarish”, “Xalqaro marketing”, “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va boshqa yo‘nalishlarida ta’lim oluvchi, bank tizimida ishlash istagi bo‘lgan 3- va 4-bosqich iqtidorli talabalari saralab olinadi.
Suhbat va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Trastbankda stajyorlik asosida Bank mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan maxsus o‘quv dasturi bo‘yicha malakasini oshirish, keyinchalik esa to‘laqonli faoliyat yuritish imkoniga ega bo‘ladi.

1

Trastbank – o‘z karerasini biz bilan qurishga istagi va intilishi bo‘lgan yoshlarni moddiy va ma’nan qo‘llab-quvvatlashga tayyor! Bizning jamoamizga qo‘shiling!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 999
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech