Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan tabrikladi

Yangilangan sana: 27 Iyun 2022, 19:43
“Trastbank” jurnalist va blogerlarni kasb bayrami bilan tabrikladi
27 Iyun 2022

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z faoliyatida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida bir qator e’tiborga molik ishlarni amalga oshirmoqda.

IMG_0907.JPG

IMG_0940.JPG

Bank mutasaddilarining ommaviy axborot vositalarida chiqish qilishi, ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarga o‘z vaqtida javob berishi, jamoatchilik bilan to‘g‘ri aloqa yo‘lga qo‘yilgani shular jumlasidandir.

IMG_0955.JPG

Bugun 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bir qator tahririyatlarda bo‘lib, jurnalist va blogerlarni bayram bilan tabrikladi.

IMG_0948.JPG

IMG_0916.JPG

Moliya muassasi bilan faol hamkorlikda ishlab kelayotgan soha xodimlariga tashakkurnoma, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

IMG_0926.JPG

Shu o‘rinda, Siz, sadoqatli va zahmatkash ommaviy axborot vositalari vakillariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli mehnat yo‘llarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

IMG_0960.JPG

Bayramingiz muborak, aziz jurnalistlar!

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 615
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech