Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” tomonidan mikroloyihalarning moliyalashtirilishi aholi bandligini ta’minlashga zamin yaratmoqda

Yangilangan sana: 23 Sentabr 2024, 11:28
“Trastbank” tomonidan mikroloyihalarning moliyalashtirilishi aholi bandligini ta’minlashga zamin yaratmoqda
23 Sen 2024

 Mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi farovonligini yaxshilash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Albatta, bu jarayonlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi ham chetda turgani yo‘q. Yuridik va jismoniy mijozlar, xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga taqdim etilayotgan kredit mahsulotlari natijasida hududlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar soni tobora ortib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
 Aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha “Trastbank” XAB tomonidan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Beltepa”, “Bo‘ston”, “Gulobod”, “Taxtapul”, “Kamolon darvoza” mahallalarida bir qator loyihalar ro‘yobga chiqarildi.m2 200 ga yaqin amalga oshirilgan loyihalar natijasida salkam 500 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlashga erishildi
 Joriy yilning may – avgust oylarida jami 193 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 487 nafar fuqaroning bandligini taʼminlashga erishildi. Ushbu loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun jami 3 mlrd 382 mln 400 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
 Bu esa bir nechta faoliyat turlari, jumladan, tikuvchilik, zargarlik, non va non mahsulotlarini tayyorlash, dehqon bozorlarida savdo qilish, sartaroshlik, yetkazib berish xizmatlari kabi yo‘nalishlarda ish faoliyatini boshlab, mo‘maygina daromad topishlarida zamin yaratdi.
 Yana bir jihat. Har bir mahalla “drayveri” bo‘yicha aholi alohida maxsus kurslarda o‘qitildi va ish bilan ta’minlandi. Zotan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, kambag‘allikni qisqartirish faqat pul tarqatish, nafaqa to‘lash bilan hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun kambag‘al oila a’zolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash muhim.m3 Toshkent shahrida aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha moliya muassasasining reja ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, aprel-avgust oylarida 5000 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan edi. Bu ko‘rsatkich amalda 5 421 taga yetkazilib, “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritildi.
 Bundan tashqari, “Trastbank” XAB tomonidan jami 660 mln so‘mlik homiylik mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, buning natijasida 13 nafar ayolga uy sharoitida turli pishiriq mahsulotlarini tayyorlash va yetkazish uchun pech hamda 15 nafar tikuvchilik sohasini tanlagan xotin-qizlarga tikuv mashinalari olib berildi. Hozirda ular xalqimizga o‘zining beminnat xizmatini ko‘rsatib kelishmoqda.m4 Oila budjediga mo‘maygina daromad keltirmoqda
 Shayxontohur tumani “Beltepa” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 8520 nafar aholi istiqomat qiladi. Mazkur hududda amalga oshirilgan 39 ta loyiha natijasida jami 87 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Bundan tashqari, Bank tomonidan 4 nafar ishsiz fuqaro kasbga tayyorlov kurslariga o‘qitildi.
 Yakka tartibdagi tadbirkor Saidkomil Hoshimov “Trastbank”dan 100 mln so‘m miqdorida kredit olib, kimyoviy tozalash xizmatini yo‘lga qo‘ydi.
– 2024-yil iyun oyidan o‘z ish faoliyatimizni boshladik, – dedi u. – Bu borada “Trastbank” bizga katta yordam berib, qisqa fursat ichida kredit mablag‘larini ajratib berdi. Buning natijasida mahallamamiz yoshlarini, xususan, 2 nafar aholini ish bilan ta’minladim. Ularning yashash xonadoni ham uzoqda emas, shundoqqina mahallamizning o‘zida joylashgan. Yo‘lkiraga, ortiqcha xarajatlarga pul sarflamaydi. Oila budjediga yaxshigina foyda keltirmoqda. Kelajakda o‘z tadbirkorlik faoliyatimni yanada kengaytirish hamda hududimizdagi yoshlar va xotin-qizlarni ishga olishni maqsad qilganmiz.m5 Yoshlar ham hunarli, ham daromadli bo‘lmoqda
 7830 nafar fuqaro istiqomat qiluvchi “Gulobod” mahallasida jami 39 ta umumiy qiymati 386 mln so‘mlik istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Buning natijasida 84 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Qolaversa, mahalladagi 8 nafar fuqaro qayta tayyorlov kurslarida o‘qitilib, kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda. Ushbu mahallada yashovchi Hojiakbar aka Yo‘ldoshev 30 yildan buyon sartaroshlik bilan shug‘ullanib, xalqimizning duosini olib kelmoqda. Yaqinda u o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida “Trastbank”ka qilgan murojaati ijobiy yechim topdi.
– “Trastbank”dan kredit olib, mahallamizda yangi, shinamgina sartaroshxona barpo etdik, – dedi Hojiakbar Yo‘ldoshev. – Hozirda 2 nafar shogirdim bilan mahalladoshlarimizga xizmat ko‘rsatmoqdamiz. Ular oliy o‘quv yurtidagi mashg‘ulotlaridan keyin shu yerda hunar o‘rganishmoqda. Bundan tashqari, oylik daromad manbaiga ham ega bo‘lishgan. To‘g‘risini aytsam, bu yoshlarga havasim keladi. Boisi, ham hunarli, ham daromadli bo‘lmoqda.m6 Xulosa o‘rnida
 Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, kambaga‘llikni qisqartirish umummilliy harakatga aylangan bir paytda bu kabi amalga oshirilgan ishlar ahamiyatga molikdir. Zero, “mahallabay” ishlash tizimi asosida aholining turmush tarzini yaxshilash, har bir mahalla “drayveri”ni aniqlab bu borada aholini o‘qitish va kasb-hunarga yo‘naltirishga har birimiz hissa qo‘shishimiz zarur.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 103
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech