Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Trastbank” va Toshkent shahridagi YEODJU texnika instituti tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan olimpiada g‘oliblari aniqlandi

Yangilangan sana: 3 Iyun 2022, 19:41
“Trastbank” va Toshkent shahridagi YEODJU texnika instituti tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan olimpiada g‘oliblari aniqlandi
3 Jun 2022

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkent shahridagi YEODJU texnika instituti tomonidan “Islom banki va moliyasi” fani bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.

IMG_7707.JPG

Unda ushbu oliy o‘quv yurtining “Biznes va moliya” fakulteti 2-3-4-kurs talabalari ishtirok etdi. Sinov jarayonlari ikki bosqichda o‘tkazildi.

IMG_7690.JPG

Ishtirokchilar dastlab test sinovlarida bilimlarini sinab ko‘rdi. Undan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar talaba ikkinchi bosqichga yo‘l oldi va suhbatdan o‘tdi.

IMG_7713.JPG

Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi talabalarga qimmatbaho sovg‘alar hamda kitoblar to‘plami berildi. Ahamiyatlisi, ular “Trastbank”ning bosh ofisi va filiallarida amaliyot o‘tab, tajriba orttiradi.

IMG_7790.JPG

IMG_7751.JPG

1-o‘rin – Kamola Uzoqmirzayeva, (mobil telefon - Xiaomi Redmi 10);

2-o‘rin – Omina Murotova, (planshet – Samsung Tab A7 lite);

3-o‘rin – Maftuna Soatova (Mi Watch).

IMG_7823.JPG

Ta’kidlash joizki, mazkur olimpiada bilimga chanqoq talabalar uchun o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha tashkilotlarda amaliyot o‘tashi uchun muhim imkoniyatdir.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 118
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech