Hurmatli “Trastbank” ХAB mijozlari!
Mamnuniyat bilan bankimiz vakillik banklari tarmog‘i kengaytirilganligi va Xitoyning “China Zheshang Bank” bankida yuan va AQSH dollarida vakillik hisobvaraqlari ochilgani haqida ma’lum qilamiz.
China Zheshang Bank - Xitoyning eng yirik aksiyadorlik tijorat banklaridan biridir. Ayni paytda bank tarmog‘i Xitoy va Gonkongning 16 provinsiyasidagi 242 dan ortiq filiallarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, o‘z vakillik banklari uchun bank operatsiyalarining muammosiz va tezkor bajarilishini ta’minlaydi.
Korrespondentlik munosabatlarini o'rnatish va hisobvaraqlar ochish “Trastbank” XAB xalqaro hamkorligini rivojlantirishning muhim asosi bo‘lib, tashqi iqtisodiy faoliyatga yo‘naltirilgan bank mijozlari o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibini soddalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Xitoy bankida to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakillik hisobvaraqlarining mavjudligi “Trastbank” XAB va mijozlarimizga O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasining o‘sishini hisobga olgan holda Xitoy moliya bozorlarida faollikni oshirish, hamkorlar bilan to‘lovlarni tezlashtirish va soddalashtirish imkonini beradi.