Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xodimalari uchun “To‘g‘ri ovqatlanish – salomatlikning muhim omili” mavzusida trening tashkil qilindi

Yangilangan sana: 5 Iyul 2024, 15:38
“Trastbank” xodimalari uchun “To‘g‘ri ovqatlanish – salomatlikning muhim omili” mavzusida trening tashkil qilindi
5 Iyul 2024

Mamlakatimizda xotin-qizlarning har bir sohada faolligini oshirish, ularning ruhan va jismonan sog‘lom hayot kechirishini ta’minlash hamda o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.02Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash masalasiga ham alohida ahamiyat berilib, bu borada Bank rahbariyati, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat Kengashi hamda Bankning xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.03Xususan, Kuni kecha “Trastbank” XAB xodimalari uchun “To‘g‘ri ovqatlanish – salomatlikning muhim omili” mavzusida trening tashkil qilindi. Ushbu sog‘lomlashtiruvchi trening sog‘liqni saqlash murabbiysi, diyetolog-nutrisolog to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Umida Salihbayeva tomonidan olib borildi.04Mutaxassisning fikricha, parhezlarning o‘zi bir necha turga bo‘linib, ularni oqilona qo‘llash kasalliklarning o‘z vaqtida oldini olish va davolashda muhim ahamiyat kasb etadi. Noratsional ovqatlanish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklarini davolashda parhez taomnomalar yaratish va ularga amal qilish eng to‘g‘ri yo‘ldir. 05Shuningdek, treningda ekologik jihatdan toza va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari, ayollarda jigar salomatligi, toksinlardan xalos bo‘lish kabi mavzularda ma’ruzalar eshitildi va mutaxassis bilan birgalikda nafas va limfa mashqlar bajarildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 457
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech