Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xodimlari Belgiyada malaka oshirishdi

Yangilangan sana: 6 Iyun 2024, 11:38
“Trastbank” xodimlari Belgiyada malaka oshirishdi
6 Iyun 2024

Joriy yilning may oyida Belgiya davlatining Waterloo shahrida “MasterCard Academy Europe” tomonidan MasterCardning mijoz tashkilotlari delegatlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. Mazkur seminarda dunyoning turli banklari hamda moliya tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi.

Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Plastik kartalar departamenti direktori o‘rinbosari Shuhratbek Ibragimov hamda Xalqaro to‘lov tizimlari bo‘limi boshlig‘i Aziz Pulatov ham ushbu seminarda qatnashib, o‘z sohasiga doir bilimlarini mustahkamdilar.

Tadbir ishtirokchilari “MasterСard” to‘lov yechimlari va jarayonlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lib, ularning afzalliklarini maksimal darajaga oshirish strategiyalarini o‘zlashtirdilar. Bundan tashqari, ishtirokchilarga to‘lovlar dunyosidagi so'nggi tendensiyalar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv so‘ngida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki rahbariyati tomonidan maxsus “MasterCard Academy Europe” tashkiloti rahbariyatiga esdalik sovg‘asi topshirildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 625
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech