Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida miqdori 10 mln yevro boʻlgan Kredit shartnomasi imzolandi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Avstriyaning Raiffeisen Bank International AG banki o‘rtasida miqdori 10 mln yevro boʻlgan Kredit shartnomasi imzolandi
4 Iyun 2024

“Trastbank” XAB Oʻzbekiston banklari orasida birinchi boʻlib Avstriya nazorat bankining (OeKB) koʻmagi bilan ishlab chiqilgan Raiffeisen Bank International AG (Avstriya)ning yangi bank mahsulotini tatbiq etmoqda.

Xususan, “Trastbank” XAB Avstriyaning rasmiy eksport kredit agentligi (ECA) hisoblangan Avstriya nazorat banki (OeKB) sug‘urta qoplamasi doirasida 10,0 million yevro miqdorida moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha Raiffeisen Bank International AG bilan Kredit shartnomasini imzoladi.

Mazkur shartnoma 2024-yil 20-may kuni mamlakatimizda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda banklarning ishtiroki masalalari bo'yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

Kredit liniyasi kichik va o‘rta biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, iqtisodiyotning ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko‘rsatish, muqobil energetika, sog‘liqni saqlash kabi ustuvor tarmoqlarida kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish, eksportga yo‘naltirilgan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltiriladi.

Kredit shartnomasining imzolanishi “Trastbank” XAB ning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘lib, mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlarni ochilishiga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, ikkala bank o‘rtasidagi hamkorlik 2008- yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Raiffeisen Bank International AG (Avstriya) “Trastbank”ning hisob-kitob, g‘aznachilik va hujjat operatsiyalari sohasida uzoq yillik hamkori sanaladi.

 Ma'lumot uchun: Raiffeisen Bank International AG Avstriya va Markaziy va Sharqiy Yevropa bozoridagi yetakchi korporativ va investitsiya bankidir. RBIning sho'ba banklari mintaqadagi 13 mamlakatda faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, RBI guruhi bank, lizing, aktivlarni boshqarish yoki qo'shilish va sotib olish bo'yicha ixtisoslashgan ko'plab boshqa moliyaviy institutlarni o‘z ichiga oladi. Umumiy hisobda, RBIning 2200 dan ortiq bo'linmalari mavjud bo'lib, ularning filiallari mintaqaning 14 mamlakatida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Avstriya nazorat banki (OeKB) Avstriyaning rasmiy eksport kredit agentligi (ECA) bo'lib, Avstriya eksportchilari va ularning xorijiy mijozlarini qo'llab-quvvatlaydi. Bank 1946-yilda Vena shahrida tashkil etilgan boʻlib, eksportni moliyalashtirish va imtiyozli kredit liniyalarini taqdim etish boʻyicha Avstriya davlat agentligi hisoblanadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 184
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech