Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Trastbank xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollarlik Bitim imzoladi

Yangilangan sana: 3 Sentyabr 2021, 10:06
Trastbank xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollarlik Bitim imzoladi
2 Sep 2021

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami Trastbank uchun qo‘shaloq xushxabarlar olib keldi. “Trastbank” XAB Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan 15 million AQSh dollari miqdorida bitim imzoladi. Qolaversa, “Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi eng faol va eng barqaror hamkori” unvoni bilan taqdirlandi.

Xabaringiz bor, 1-4-senyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga yetib kelgan ITB guruhi tarkibidagi 57 davlatning vazirlari va rasmiylari, qolaversa, 2 mingdan ortiq biznes vakillari, ekspertlar Toshkentdagi Xalqaro Kongress markazida yig‘ildi.

учрашув

Tadbir doirasida 1 sentyabr kuni “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Rifatovich Normuxamedov Islamic Corporation for the Development – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini bilan uchrashib, imzolanishi kutilayotgan bitim xususida muhokama qildi.

награда 1

Kunning ikkinchi qismida O‘zbekistonda islom moliyasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun “Trastbank” XAB “Most active and long standing partner of ITFC in Uzbekistan” (“Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining O‘zbekistondagi eng faol va eng barqaror hamkori”) yorlig‘i bilan taqdirlandi. Faxriy yorliq "Trastbank" XAB Kuzatuv kengashi raisi Sharipov Tohir Miraximovichga Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbol tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

подпись

Marosim davomida “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov hamda Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi ijrochi direktori Xani Salem Sonbol o‘rtasida xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun 15 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida bitim imzolandi. Ajratilgan mablag‘ hozirgi kunda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa sohalarni ravnaqi uchun yo‘naltirishi ko‘zda tutilgan.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 379
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech