Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Trastbankda “Sirli mijoz” amaliyoti natijasi o‘rganildi

Yangilangan sana: 8 Oktyabr 2021, 14:17
Trastbankda “Sirli mijoz” amaliyoti natijasi o‘rganildi
8 Oct 2021

Har sohada bo‘lgani singari bank xizmatlariga bo‘lgan talab ham zamonga xos ravishda ortib bormoqda. Mijozlar ham, o‘z navbatida, bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng sifatli mahsulot taklif eta oladigan bankni tanlashga intiladi. Shu sababli mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish – bank rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Trastbank mahsulot va xizmat sifatini mukammallashtirish uchun doim harakatda. Jumladan, mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini tashqi marketing kompaniyasi tomonidan “Sirli mijoz” usuli orqali muntazam baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. “Sirli mijoz” usuli banklarning xizmat ko‘rsatish jarayonidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

6

“Trastbank” XAB Boshqaruv Raisining farmoyishiga ko‘ra, Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish komissiyasi tashkil etildi, shuningdek, Sotuv kitoblari (Sales Book) chop etildi. Filial xodimlarining mijozlarga xizmat ko‘rsatishini doimiy nazorat qilish – komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilab qo‘yildi.

2021-yilning 20- va 23-sentyabr kunlari Trastbank Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon” va “Yakkasaroy” filiallari xodimlari uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha “Sirli mijoz” malakasi yordamida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan seminar tashkil etildi.

2

Amaliy seminarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va yutuqlar xaqida aytib o‘tilib, chop etilgan Sotuv kitoblari (Sales Book) yordamida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi tartib va qoidalari tushuntirildi.

Bank mijozlariga xizmat ko‘rsatish darajasini doimiy baholab borish – ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini takomillashtirish, qolaversa, mijozlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim asos hisoblanadi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 66
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech