Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Turkiston” BXM xodimlarining jasorati e’tirof etildi

Yangilangan sana: 23 Aprel 2025, 16:42
“Turkiston” BXM xodimlarining jasorati e’tirof etildi
23 Apr 2025

 Joriy yilning 18-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Toshkent shahri Yunusobod tumani “Moyqo‘rg‘on” ko‘chasi 39-uyda joylashgan “Turkiston” bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs tomonidan hujum uyushtirilgan edi. Ushbu bosqinchilik harakati vaqtida Dinora Nuritnidova va Sayyora Rustambekova jasorat ko‘rsatgandi. Ya’ni ularning yuborgan “tashvish” signali orqali Qo‘riqlash xizmati xodimlari darhol voqea joyiga kelib, gumondorni qo‘lga olgandi.
 D.Nuritdinova va S.Rustambekova xizmat vazifalarini bajarish vaqtida fidokorlik ko‘rsatib, ish jarayonida favqulodda holatda ham tezkorlik va oqilona qaror qabul qilishi bilan barcha hamkasblar, ayniqsa, yosh avlodga o‘rnak bo‘ldi.
 “Darxon” bank xizmatlari ofisida o‘tkazilgan tadbirda ularning ushbu jonkuyarligi alohida e’tirof etildi. “Trastbank” XAB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Kurganov moliya muassasasi rahbariyati va xodimlari nomidan D.Nuritdinova va S.Rustambekovaga minnatdorlik bildirib, butun jamoa ular bilan faxrlanishini ta’kidladi hamda sihat-salomatlik va muvaffaqiyatlar  tiladi.

photo_2025-04-23_16-4 Shuningdek, “Turkiston” BXMning jasoratli xodimlari – Dinora Nuritnidova va Sayyora Rustambekovaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.photo_2025-04-23_16-41-0

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 380
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech