Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ta’lim olishi, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Albatta, amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq ayollar har jabhada faollik ko‘rsatib, qator ijobiy natijalarga erishmoqda. Zero, xotin-qizlar faolligi bu jamiyat rivojining muhim omilidir.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida ham gender tenglikni ta’minlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasbiy bilim va ko‘kikmalarini oshirib borish kabilar diqqat markazidadir.
Bugungi kunda “Trastbank” XABda 800 nafarga yaqin xotin-qizlar, shundan 102 nafari turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib, moliya muassasasining ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Oilada uy-ro‘zg‘or ishlari, farzand tarbiyasi bilan ishni teng ravishda muvaffaqiyatli olib borishi orqali ibrat va namuna timsoliga aylanmoqda. Suyukli raqifa, munis ona va jonkuyar hamkasb degan e’tirofga sazovor bo‘lishmoqda. Istiqbolda ularning safi kengayib boradi.
Mohira Karimova, Bank Kuzatuv Kengashi a’zosi;
Surayyo Urmanova, Strategik rivojlanish departamenti direktori;
Mileusha Muxammedyarova, Iqtisodiy tahlil va statistika departamenti direktori;
Shahlo Xanbabayeva, Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish departamenti direktori;
Madina Maisova, O‘quv markazi direktori;
Nazira Nasriyeva, Loyihalarni xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
Marina Karakishyan, Marketing va reklama boshqarmasi boshlig‘I;
Munojot Arifxodjayeva, Birlashgan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi.
Bundan tashqari, quyidagi ayollarimiz hududlardagi bank xizmatlari markazlarini boshqarib, ijobiy ko‘rsatkichlarni namoyon etib kelishmoqda.
Madina Sodiqova, “Taraqqiyot” BXM boshlig‘i
Nilufar Yo‘ldosheva, “Buyuk ipak yo‘li” BXM boshlig‘i
Malohat Ergasheva, “Next” BXM boshlig‘i
Rahima Nishonova, “Angren” BXM boshlig‘i. Qadrli va latofatli opa-singillar! Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etib, ishonchli liderlik faoliyatingiz bardavom bo‘lishini tilab qolamiz.