Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi
19 Dek 2024

 Joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida korxona va tashkilotlar hamda aholi o‘rtasida turli targ‘ibot tadbirlari, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.photo_2024-12-19_17-00-23 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida mazkur oylik doirasida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari tomonidan favqulodda holatlar ro‘y berganda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, yong‘inlar ro‘y berganda xodimlarni evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan tushunchalar berildi.photo_2024-12-19_17-00-29. Bundan tashqari, yong‘in o‘chirish to‘g‘risida amaliy mashqlar ko‘rsatildi. Shuningdek, is gazidan zaharlanmaslik uchun zarur choralar ko‘rish tartibi, yong‘in o‘chirishda va insonlarni qutqarishda amalga oshiriladigan tadbirlarga urg‘u berildi. Tadbir yakunida bank xodimlarining qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berildi.photo_2024-12-19_17-00-35
photo_2024-12-19_17-42-1

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 140
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech