Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

2020 yil yakunlari bo‘yicha bank korporativ boshqaruv tizimini baholash

Yangilangan sana: 10 Fevral 2021, 21:52
Chop etish sanasi: 10.02.2021 y.
Muddat: gacha: 11:00   12.02.2021 y.
Ko'rishlar: 2360

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2020 yil yakunlari bo‘yicha bank korporativ boshqaruv tizimini baholashni o‘tkazish uchun “Korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi kodeksda belgilangan, tegishli talablarga javob beradigan tashkilotni tanlash uchun tanlov eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun korporativ boshqaruv kodeksi talablariga javob beradigan tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:

  • Tashkilot ustavidan nusxa (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);
  • Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  • Tashkilotga tegishli litsenziya va sertifikatlarning nusxalari;
  • Ishning bajarilish muddati va aniq narxi ko‘rsatilgan baholash ishining tijorat taklifi.

Tijorat takliflarini 2021 yil 12 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 11.00 ga qadar quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy. Taqdim etiladigan hujjatlar nusxalari tikilgan, tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi lozim.

Maʼlumot uchun telefonlar:(78) 140-00-88.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech