“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Amaliyot boshqarmasi va hududlardagi bank xizmatlari ofislari xodimlarining mijozlarga tasdiqlangan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishi “Sirli mijoz” usuli asosida muntazam ravishda o‘rganib boriladi.
Yaqinda Bankning Amaliyot boshqarmasi va “Toshkent” bank xizmatlari ofisi xodimlari uchun “Sirli mijoz” usuli asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganish natijalari yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi. Unda “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti hamda Tashqi marketing kompaniyasi mas’ullari tomonidan mazkur o‘rganish natijalari yuzasidan tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, har bir xodimning baholash anketasi asosida suhbat o‘tkazildi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida bank xodimlarining barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.