Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Rasmiy bayonot

Yangilangan sana: 25 Fevral 2021, 12:51
24 Fev 2021

2021 yilning 23 fevral kuni respublikamizning ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “shubhali” korxonalar bilan moliyaviy aloqa qilgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘ini asossiz hisobga olgan davlat ulushi mavjud korxonalar ro‘yxati e’lon qilinib, mazkur ro‘yxatga “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki nomi ham kiritilgan.

Shu munosabat bilan quyidagilarni bildiramiz: tahlil qilinayotgan davr mobaynida bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) amaldagi qonunchilikka muvofiq yetkazib beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzgan holda sotib olingan.

Amaldagi qonunchilikka asosan banklar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo‘lib, Soliq kodeksining 237-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari qatoriga tijorat banklari kiritilmagan. Shu sababli, bank tomonidan xarid qilingan tovarlar (ishlar va xizmatlar) bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga (zachet) olish amaliyoti qo‘llanilmagan.

Bank va Davlat soliq qo‘mitasi mas’ul xodimlari bilan vujudga kelgan masala yuzasidan olib borilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, bank tomonidan “shubhali bitim” deb tasniflangan shartnomalar tuzish natijasida jarima solinishi bilan bog‘liq holat mavjud emasligi aniqlandi.

Bundan tashqari, “Trastbank” o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga qat’iy amal qilgan holda yuritib kelmoqda. Bank tomonidan barcha sotib olingan tovar (ish va xizmatlar) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan hisobvaraqlar rejasiga muvofiq belgilangan tartibda kirim qilinganini, zarur hisobvaraqlarda o‘z vaqtida aks ettirilganini va faqatgina sotib olish maqsadiga ko‘ra ishlatilayotganini ma’lum qiladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 719
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech