Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 4 Iyun 2022, 13:30
“Trastbank” hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi
4 Iyun 2022

Bugun, 2- iyun kuni Misr davlati Sharm al-Shayx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 47-yillik uchrashuvi doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Xususiy sektorni rivojlantiBugun, 2- iyun kuni Misr davlati Sharm al-Shayx shahrida Islom taraqqiyot banki guruhining 47-yillik uchrashuvi doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 20 million AQSH dollari miqdorida yangi kelishuv masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2018-yilda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan boshlangan mustahkam hamkorlik aloqalari yildan-yilga muvaffaqiyatli tarzda kengayib bormoqda. Xususan, 2021-yil sentabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida “Trastbank” XAB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSh dollari miqdorida bitim imzolagan edi. Bugungi kunda ushbu Korporatsiya tomonidan ajratilgan jami resurslar 17 million AQSh dollarini tashkil etadi. Bundan tashqari, 2019-yil iyun oyida “Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida Bank tuzilmasiga keng ko‘lamli islom banki xizmatlarini joriy etish maqsadida “Islom darchasi”ni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, “Trastbank” XABning Moliyaviy xizmatlar markazi ochildi. Ushbu Markaz amaldagi qonunchilik doirasida shariat qoidalariga muvofiq moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Bank xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Islom ilmiy-ta’lim instituti mutaxassislari ishtirokida “Islom darchasi”ni joriy etish borasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Korporatsiyaning tavsiyasiga ko‘ra, “Trastbank” tomonidan islom bank ishi uchun maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatildi. Shuningdek, uchrashuvda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbariyati “Trastbank” bilan samarali hamkorlik aloqalarini yuqori baholab, istiqbolda bu hamkorlik yanada kengayishiga ishonch bildirdirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbarlari o‘rtasida muzokaralar o'tkazildi.

Jumladan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida mamlakatda xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan 20 million AQSH dollari miqdorida yangi kelishuv masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, 2018-yilda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan boshlangan mustahkam hamkorlik aloqalari yildan-yilga muvaffaqiyatli tarzda kengayib bormoqda. Xususan, 2021-yil sentabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida “Trastbank” XAB Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSh dollari miqdorida bitim imzolagan edi. Bugungi kunda ushbu Korporatsiya tomonidan ajratilgan jami resurslar 17 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2019-yil iyun oyida “Trastbank” va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida Bank tuzilmasiga keng ko‘lamli islom banki xizmatlarini joriy etish maqsadida “Islom darchasi”ni yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, “Trastbank” XABning Moliyaviy xizmatlar markazi ochildi. Ushbu Markaz amaldagi qonunchilik doirasida shariat qoidalariga muvofiq moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Bank xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi va Islom ilmiy-ta’lim instituti mutaxassislari ishtirokida “Islom darchasi”ni joriy etish borasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Korporatsiyaning tavsiyasiga ko‘ra, “Trastbank” tomonidan islom bank ishi uchun maxsus dasturiy ta’minot o‘rnatildi.

Shuningdek, uchrashuvda Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi rahbariyati “Trastbank” bilan samarali hamkorlik aloqalarini yuqori baholab, istiqbolda bu hamkorlik yanada kengayishiga ishonch bildirdi

https://uzreport.news/
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 698
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech