Anderrayting
Yangilangan sana: 7 Avgust 2020, 09:55
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kuzatuv Kengashining 2020 yil 27 maydagi 48-sonli qaroriga asosan ““Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida jismoniy shaxslarni kreditlash jarayonini anderrayting asosida amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan mikroqarz hamda overdraft kreditlari Anderrayting tizimi orqali amalga oshiriladi.
Anderrayting tizimiga muvofiq:
- mikroqarzlar bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha;
- overdraft kreditlari o‘rtacha oylik ish haqining 300 foizigacha miqdordagi kreditlar vaqtni tejash, mijoz buyurtmasini tezkor hal qilish maqsadida filialning kredit inspektori hamda Anderrayterning qaroriga muvofiq ajratiladi.