TrustPay
Yangilangan sana: 3 Yanvar 2020, 15:33
“TrustPay” mobil dasturi - “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan jismoniy shaxslar uchun masofadan bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun taqdim etilayotgan mobil bank xizmatining yangi yo‘nalishidir.
Siz «TrustPay» mobil ilovasi yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- bank ofislariga tashrif buyurmasdan "TrustPay" mobil ilovasini yuklab olish va asosiy hamda qo‘shimcha bank plastik kartalarni biriktirish;
- plastik kartochkalar o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish (P2P);
- “Trastbank” XAB dan olingan kreditlarni so‘ndirish;
- kommunal to‘lovlarni to‘lash;
- byudjetga soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lash;
- "TrustPay" mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar uchun andozalarni sozlash;
- mobil aloqa xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- Internet-provayder xizmatlarini to‘lash;
- Valyuta kurslarini ko‘rish;
- Bank e’lonlari va xabarlarini olish;
- Real vaqt rejimida xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
- Real vaqt rejimida omonatlarni ochish va yopish.
MUHIM: Dasturni o‘rnatishdan oldin Sizning plastik kartangiz telefon raqamingizdagi "SMS-xabarlash" xizmatiga ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Ommaviy taklif ("TRUSTPAY" mobil ilovasi orqali UZCARD plastik karta egalariga (onlayn kartalariga) xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida)