Kafolat va kafilliklar
Majburiyatlarni ta’minlashning qandayligiga qarab «Trastbank» XAB ikki yildan uzoq bo‘lmagan muddatga turli shakldagi bank kafolatlari va kafilliklari taklif etadi.
Bank kafolati – bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (keyingi o‘rinlarda kafolat deb yuritiladi).
Kafolat olish uchun prinsipal quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
- muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
- oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
- ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Kafolat olish uchun prinsipal tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- kafolat buyurtmasi;
- kafolatdan foydalanishning butun davrini o‘z ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja;
- oxirgi hisobot sanasi bo‘yicha buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzdorlik haqidagi ma’lumotnoma (2-1-shakl);
- oxirgi uch moliyaviy yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi.
Prinsipal taqdim etilgan kafolat bo‘yicha majburiyatni o‘z vaqtida bajarishning ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etishi lozim:
- bank talabiga javob beruvchi kafolatga qo‘yilgan likvidli mol-mulk yoki pul mablag‘lari garovi;
- prinsipalning kafolat bo‘yicha majburiyatni bajarmaslik xatarining sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:
№ |
Bank filiallari nomlari |
Filiallardagi telefon raqamlar |
1 |
Amaliyot boshqarmasi |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4 |
2 |
«Toshkent» filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 0 - 4 0 - 9 2 |
3 |
«Darxon» filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5 |
4 |
Yakkasaroy filiali |
( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0 |
5 |
Andijon filiali |
( + 9 9 8 7 4 ) 2 2 6 - 6 9 - 7 1 |
6 |
Namangan filiali |
( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 6 5 |
7 |
Samarqand filiali |
( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 7 4 - 29 |
8 |
Termiz filiali |
( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 4 - 2 2 - 5 1 |
9 |
Qarshi filiali |
( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 2 5 - 2 5 |
10 |
Farg‘ona filiali |
( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 2 8 |
11 |
Jizzax filiali |
( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 - 1 6 |
Kreditlash departamentining telefonlari: (+ 998 71) 207-36-44 (389; 383).