Rivojlanish strategiyasi
Yangilangan sana: 9 Noyabr 2022, 10:08
2019-2021 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi
Strategik rivojlanishining maqsadlar:
- bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalining etarligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;
- yuqori rentabellik darajasini saqlab qolish va xatar-amaliyotlarni otkazish jarayonida daromad olishning optimal nisbatiga erishish;
- faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar kontsentratsiyasini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;
- aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;
- kreditlashning yangi turlarini joriy etish;
- xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish, xorijiy bank-korrespondentlar tomonidan savdoni moliyalashtirish uchun taqdim etilgan limitlarni oshirish va rivojlantirish;
- chakana mijozlarga xizmat ko‘rsatishni universallashtirish tizimini joriy etish;
- chakana mijozlarni segmentatsiyalash;
- chakana savdo texnikasini ishlab chiqish va joriy etish;
- transchegaraviy o‘tkazmalarni joriy etish (mijozning valyuta va so‘m plastik kartasiga pul o‘tkazishning onlayn usullari);
- bank kartalari (kartalik biznes) sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
- mijozlarga xizmat ko‘rsatishning masofaviy shakllarini rivojlantirish, operatsion jarayonlarni optimallashtirish va avtomatlashtirish, texnologiyalarni rivojlantirish va bankning raqamli transformatsiyasi bo‘yicha ishlarni davom ettirish;
- ISO 9001:2015 va xalqaro standart ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi: qo‘llash bo‘yicha talablar va tavsiyalar”ga muvofiq menejment sifati tizimi standartlariga rioya qilish;
- yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlarining jozibadorligini oshirish maqsadida bankning oqilona daromadiga rioya etilishini hisobga olgan holda tarif siyosatini optimallashtirish;
- bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni rivojlantirish;
- tegishli hududlarda kuchli hududiy bo‘linmalarni yaratish va ularning moliyaviy natijalar va ishlarni tashkil etish uchun har tomonlama javobgarligi;
- xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;
- biznes boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilmasini adekvat talablariga muvofiq shakillantirish.
Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- kreditlash;
- hisob-kassa xizmatlari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat.
Bank innovatsion mahsulotlarini samarali joriy etish va xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirish nuqtai nazaridan faoliyatning strategik yo‘nalish deb hisoblaydigan chakana biznes rivojlanishining strategik yo‘nalishi hisoblanadi;
Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.