Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastbank'' bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM

Yangilangan sana: 1 Noyabr 2023, 10:04

 

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan

“MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun

“Trastbank'' bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling”

aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida

VAQTINCHALIK NIZOM

 

 Mazkur Vaqtinchalik nizomga quyidagilarga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan:

 Bank boshqaruvining 2023-yil 28 avgustdagi 181-son qarori bilan tasdiqlangan va 2023-yil 30-avgustda 650-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat;

 Bank boshqaruvining 2023-yil 24-oktabrdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan va 2023-yil 25-oktabrda 197V-2-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat.

  Mazkur hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) va “MasterCard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti o‘rtasida 2021-yil 5-mayda tuzilgan bitim bo‘yicha 2022-yil 1-avgust erishilgan qo‘shimcha kelishuv asosida ishlab chiqildi va u Bankda “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun “Trastbank'' bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

  1. Aksiya tashkilotchilari Bank va “MasterCard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi.
  2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida Bank tomonidan o‘tkaziladi.
  3. Aksiya 2023-yil 1 noyabrdan 2024-yil 29-fevralga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi. (Bank boshqaruvining 2023-yil 24-oktabrdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan va 2023-yil 25-oktabrda 197V-2-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi band)

2-§. Aksiya ishtirokchilari

  1. Aksiyada 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Aksiyada Bank xodimlarining ishtirok etishlari taqiqlanadi.
  3. Aksiyaning o‘tkazilish davrida ishtirokchilarning ushbu Vaqtinchalik nizom qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi.

3-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

  1. Bank tomonidan aksiyani amalga oshirish davrida yoki undan oldin emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga ega bo‘lgan va ushbu bank kartasi orqali bir kun davomida jami 10 (o‘n) AQSH dollari va undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
  2. Aksiyada ishtirok etish uchun to‘lov tranzaksiyalari faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari hamda internet saytlari orqali amalga oshirishi lozim. Bankomat va bank kassasi terminallari vositasida yechilgan naqd pul tranzaksiyalari aksiyada ishtirok etmaydi.
  3. Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali va chet el banklari tomonidan Bank tomonidan emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga o‘tkazilgan (P2P) operatsiyalar ham aksiyada ishtirok etuvchi operatsiya hisoblanadi.

4-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar tarkibi

  1. Bosh sovrin: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Tracker” avtomobili (1 dona).

Boshqa sovrinlar:

  1. a) “Samsung” kir yuvish mashinasi (4 dona);
  2. b) “Samsung TV” televizori (4 dona);
  3. d) “Samsung” uyali aloqa telefoni (4 dona).
  4. Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.

5-§. Aksiyani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

  1. Aksiya o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash Bank boshqaruvi raisining buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. G‘oliblar 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 29-fevralga qadar amalga oshirgan tranzaksiyalar egalari orasidan 2024-yil mart oyida ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi. (Bank boshqaruvining 2023-yil 24-oktabrdagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan va 2023-yil 25-oktabrda 197V-2-son bilan ro‘yxatga olingan ichki normativ hujjat tahriridagi band)
  3. Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  4. Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.trustbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

  6-§.Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

  1. Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bosh bank binosida (Toshkent shahri, “Navoiy” ko‘chasi, 7-uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.
  2. Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) ko‘rsatadi.

Yutuq o‘z egasiga topshirilganda “Topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi” tuziladi. Yutuqqa egalik qilish huquqi dalolatnoma imzolangan vaqtdan boshlab yutuq egasiga o‘tadi.

  1. 18. Bosh sovrin bilan bog‘liq rasmiylashtirish va soliq xarajatlari, topshirilgan boshqa sovrinlarni Bankdan olib ketish xarajati yutuq egasi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Yutuq egasi Bank tomonidan yutuqni olib ketish to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 30 kun davomida o‘z yutug‘ini olib ketishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra yutuq egasi tomonidan yutuqni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati bo‘lmaganda, yutuq egasining yozma arizasiga ko‘ra uni olib ketish muddati uzaytirilishi mumkin.
  3. Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o ‘tkaziladi va yutuq bekor qilinadi.
  4. Yutuq egasi o‘z yutug‘ini olib ketishni notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga topshirishi mumkin. Bunda yutuqni topshirish ushbu Vaqtinchalik nizomning 17-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

7-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin

to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

  1. Aksiyani o‘tkazish reklama va video roliklar ko‘rinishida Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
  2. Aksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Aloqa markaziga (1287, +998 78 140-00-88) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.

  1. Aksiya to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda, aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

8-§. Yakuniy qoidalar

  1. Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
  2. Aksiyaning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a‘zolari zimmasiga yuklatiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech