Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM


Muqaddima

1-§. Umumiy qoidalar

2-§. Aksiya ishtirokchilari

3-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

4-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar tarkibi

5-§. Aksiyani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

6-§.Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

7-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

8-§. Yakuniy qoidalar.

Mazkur hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) va “Mastercard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti o‘rtasida 2025-yil 4-iyulda tuzilgan bitim asosida ishlab chiqildi va u Bankda “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasi egalari uchun “Trastbank bilan birga bo‘ling va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1-§.Umumiyqoidalar

  1. Aksiya tashkilotchilari Bank va “MasterCard Europe SA” xalqaro moliya tashkiloti hisoblanadi.
  2. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiya tashkilotchilari tomonidan o‘tkaziladi.
  3. Aksiya 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 28-fevralga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi.

2-§.Aksiyaishtirokchilari

  1. Aksiyada 18 yosh va undan yuqori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyada ishtirok etish uchun ishtirokchilardan haq olinmaydi.

  1. Aksiyada Bank xodimlarining ishtirok etishlari taqiqlanadi.
  2. Aksiyaning o‘tkazilish davrida ishtirokchilarning ushbu Vaqtinchalik nizom qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi.

3-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

  1. Bank tomonidan aksiyani amalga oshirish davrida yoki undan oldin emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartasiga ega bo‘lgan va ushbu bank kartasi orqali bir kun davomida jami 10 (o‘n) AQSH dollari va undan ko‘p qiymatda tranzaksiyalarni amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

Aksiya bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish davri: 01.10.2025 yildan 28.02.2026 yil saot 23.59 ga qadar.

  1. Aksiyada ishtirok etish uchun to‘lov tranzaksiyalari faqat savdo va xizmat ko‘rsatish terminallari hamda internet saytlari orqali amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Bankomat va bank kassasi terminallari vositasida yechilgan naqd pul tranzaksiyalari aksiyada ishtirok etmaydi.
  2. Bankda emissiya qilingan “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimi bank kartalariga xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali va chet el banklari tomonidan o‘tkazilgan P2P operatsiyalar ham aksiyada ishtirok etuvchi operatsiya hisoblanadi.

4-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlartarkibi

  1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi aksiya tashkilotchilari hisobidan shakllantiriladi.

Bosh sovrin: Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li7” gibrid avtomobili (1 dona).

Boshqa sovrinlar:
 a) 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 1 dona ikki kishi uchun 10 kunlik sayohat yo‘llanmasi (bunda Bank ikki tomonga aviabilet, mehmonxona va futbol bo‘yicha jahon chempionatining bitta o‘yiniga 2 dona bilet xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi, elchixonadan viza olish xarajatlari esa yutuq egasi zimmasiga tushadi);
 b) “Samsung TV” televizori (3 dona);
 d) “Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona);
 e) “iPone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona);
 f) “Apple ipad Air 11” plansheti (3 dona);
 g) elektrosamokat (3 dona).

 11. Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.

5-§.Aksiyani o‘tkazishvag‘oliblarnianiqlashtartibi

  1. Aksiya o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash Bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosida tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Aksiya ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandida belgilangan muddat ichida bir bosqichda o‘tkaziladi.
  3. G‘oliblar 2026-yil mart oyida ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi.
  4. Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytigajoylashtiriladi.
  5. Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.trastbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

6-§. Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

  1. Sovrinlarni topshirish sanasi va vaqti aksiya tashkilotchilari tomonidan belgilanadi.

Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bosh bank binosida (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.

  1. Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) ko‘rsatadi.

Aksiya go‘libining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bajarishdan bosh tortishi sovrinni olishdan bosh tortish deb hisoblanadi. 

Yutuq o‘z egasiga topshirilganda “Topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi” tuziladi. Yutuqqa egalik qilish huquqi dalolatnoma imzolangan vaqtdan boshlab yutuq egasiga o‘tadi.

  1. Bosh sovrin bilan bog‘liq rasmiylashtirish va soliq xarajatlari, topshirilgan boshqa sovrinlarni Bankdan olib ketish xarajati yutuq egasi tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Yutuq egasi Bank tomonidan yutuqni olib ketish to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 30 kun davomida o‘z yutug‘ini olib ketishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra yutuq egasi tomonidan yutuqni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati bo‘lmaganda, yutuq egasining yozma arizasiga ko‘ra uni olib ketish muddati uzaytirilishi mumkin.
  3. Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o‘tkaziladi va yutuq bekor qilinadi.
  4. Tashkilotchilar sayohat yo‘llanmasi sovrindorlariga chet el elchixonalari tomonidan vizaning ma’qullanishi yoki ma’qullanmasligi holatlari bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Sayohat yo‘llanmasi muddatini ko‘chirishga yoki almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  5. Yutuq egasi o‘z yutug‘ini olib ketishni notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga topshirishi mumkin. Bunda yutuqni topshirish ushbu Vaqtinchalik nizomning 18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

7-§.Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin

to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

  1. Aksiyani o‘tkazish reklama va video roliklar ko‘rinishida Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
  2. Aksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Aloqa markaziga (+998 78 140-00-88, 1287) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.

  1. Aksiya to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda,aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy web-saytida e’lon beriladi.

8-§.Yakuniy qoidalar

  1. Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
  2.  Aksiyaning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a‘zolari zimmasiga yuklatiladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech