Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Trastbank bankomatlaridan foydalaning va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM

Yangilangan sana: 22 Dekabr 2021, 12:47

 Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi asosida ishlab chiqildi va u “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) tomonidan e’lon qilingan “Trastbank bankomatlaridan foydalaning va sovg‘aga ega bo‘ling” aksiyasini o‘tkazish, aksiya g‘oliblarni aniqlash va ularni taqdirlash tartibini belgilaydi.

1-§. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu aksiya lotereya yoki tavakkalchlikka asoslangan o‘yin hisoblanmaydi, aksiya ishtirokchilari aksiyada qatnashish bilan bog‘liq moddiy zarar ko‘rmaydi.
  2. Aksiyada ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi.
  3. Aksiyani o‘tkazish tartibida ishtirokchilar tomonidan badal yoki to‘lov kiritish belgilanmagan. Aksiyaning yutiq fondi to‘liq Bank mablag‘i hisobidan shakllantiriladi.

2-§. Aksiyani o ‘tkazish joyi va muddati

  1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladi.
  2. Aksiya 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 15 fevralga qadar bo‘lgan davr ichida o‘tkaziladi.

3-§. Aksiya ishtirokchilari

  1. Aksiyada tijorat banklari bank kartalarining egalari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  2. Aksiyada Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirok etishlari taqiqlanadi.

Bunda bank xodimining yaqin qarindoshlari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  1. a) ota-onasi;
  2. b) tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari;
  3. d) tug‘ishgan va o‘gay opa-singillari;
  4. e) eri (xotini);
  5. f) farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar;
  6. g) bobolari;
  7. h) buvilari;
  8. i) nevaralari;
  9. j) erining (xotinining) ota-onasi;
  10. k) erining (xotinining) tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari;
  11. l) erining (xotinining) tug‘ishgan va o‘gay opa-singillari.
  12. 8. Aksiyani o‘tkazilish davrida ishtirokchilarning ushbu Vaqtinchlik nizom qoidalariga amal qilishlari talab qilinadi.

4-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari

  1. Bankomatda bir martalik amaliyotda jami 500 000 (besh yuz ming) so‘m va undan ko‘p qiymatda “bank kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirish” amaliyoti amalga oshirilgan bank kartasi avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
  2. Aksiyada ishtirok etish uchun “bank kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirish” amaliyotlari faqat Bank tasarrufidagi bankomatlar orqali amalga oshirilishi lozim. Bank kassasi terminallari vositasida “bank kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirish” amaliyotini amalga oshirgan shaxs aksiyada ishtirok etmaydi.
  3. Bank tasarrufidagi bankomatlar orqali “bank kartasidagi mablag‘ni naqdlashtirish” amaliyotidan tashqari boshqa amaliyotlarni (bank kartasi hisobvarag‘ini naqd pulda to‘ldirish, valyuta ayirboshlash) amalga oshirgan shaxs aksiya ishtirokchisi hisoblanmaydi.

5-§. Aksiyada yutuqqa qo‘yilgan sovrinlar tarkibi

  1. Bank tomonidan aksiya g‘oliblariga quyidagi sovrinlar taqdim etiladi:
  2. a) 32 dyumli “Samsung” televizori (3 dona);
  3. b) “Samsung TAB A7” plansheti (3 dona);
  4. d) “Samsung A22” uyali aloqa telefoni (3 dona).
  5. Yutuq egasi ma’lum bir yutuqni boshqa bir yutuqqa almashtirishni yoki uni pul ko‘rinishida berishni talab qilish huquqiga ega emas.

6-§. Aksiyani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash tartibi

  1. Aksiya o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash Bank boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosida tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. 15. Aksiya 3 bosqichda amalga oshiriladi. Har bir bosqichda g‘oliblarga quyidagi sovrinlar topshiriladi.

Birinchi bosqichda (2021 yil 1 dekabrdan 2021 yil 15 dekabrgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona 32 dyumli “Samsung” televizori (birinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  2. b) 1 dona “Samsung TAB A7” plansheti (ikkinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  3. d) 1 dona “Samsung A22” uyali aloqa telefoni (uchinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi).

Ikkinchi bosqichda (2021 yil 16 dekabrdan 2022 yil 15 yanvargacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona 32 dyumli “Samsung” televizori (birinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  2. b) 1 dona “Samsung TAB A7” plansheti (ikkinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  3. d) 1 dona “Samsung A22” uyali aloqa telefoni (uchinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi).

Uchinchi bosqichda (2022 yil 16 yanvardan 2022 yil 15 fevralgacha bo‘lgan davr ichida amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashadi):

  1. a) 1 dona 32 dyumli “Samsung” televizori (birinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  2. b) 1 dona “Samsung TAB A7” plansheti (ikkinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi);
  3. d) 1 dona “Samsung A22” uyali aloqa telefoni (uchinchi randomda aniqlangan ishtirokchiga topshiriladi).
  4. G‘oliblar har bir bosqich yakunlangach 5 bank ish kuni ichida ushbu Vaqtinchlik nizomning 14-bandida qayd etilgan komissiya a’zolari tomonidan maxsus dastur yoki shu kabi boshqa dasturlar yordamida tasodifiy (random) tanlash orqali aniqlanadi va tasdiqlanadi.
  5. Bank aksiyani o‘tkazish tartibiga bir tomonlama qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, yutuqlar tarkibini kengaytirish yoki ularni o‘zgartirish huquqiga ega. Bunda ular kuchga kiritilishidan 3 (uch) ish kuni oldin bu haqdagi tegishli axborot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  6. Aksiya g‘oliblarining nomi va surati Bankning rasmiy veb-sayti – www.trustbank.uz hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiriladi.

7-§.Yutuqlarni topshirish tartibi va muddati

  1. Aksiya bo‘yicha yutuqlar Bosh bank binosida (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy) ma’sul shaxslar tomonidan topshiriladi.
  2. Yutuqni qabul qilib olishda, yutuq egasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasini) ko‘rsatadi.

Yutuq o‘z egasiga topshirilganda “Topshirish – qabul qilib olish dalolatnomasi” tuziladi. Yutuqqa egalik qilish huquqi dalolatnoma imzolangan vaqtdan boshlab yutuq egasiga o‘tadi.

  1. 21. Yutuq egasi Bank tomonidan yutuqni olib ketish to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab 30 kun davomida o‘z yutug‘ini olib ketishi lozim. Uzrli sababga ko‘ra yutuq egasi tomonidan yutuqni o‘z vaqtida olib ketish imkoniyati bo‘lmaganda, yutuq egasining yozma arizasiga ko‘ra uni olib ketish muddati uzaytirilishi mumkin.
  2. Yutuq egasi bilan 30 kun davomida bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, yutuq Bank tasarrufiga o ‘taziladi va yutuq bekor qilinadi.
  3. Yutuq egasi o‘z yutug‘ini olib ketishni notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida uchinchi shaxsga topshirishi mumkin. Bunda yutuqni topshirish ushbu Vaqtinchlik nizomning 20-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

8-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risida ma’lumotlarni joylashtirish

  1. Aksiyani o‘tkazish reklama va video roliklar ko‘rinishida Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boriladi.
  2. Aksiya o‘tkazish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning call markaziga (+998 78 140-00-88) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.

  1. Aksiya to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda, aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.

9-§. Yakuniy qoidalar

  1. Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolarni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
  2. Aksiyaning o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchlik nizomning 14-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a‘zolari zimmasiga yuklatiladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech