“Yangi ish o‘rinlari yarating va bank xizmatidan bepul foydalaning aksiyasi”nio‘tkazish tartibi to‘g‘risida VAQTINCHALIK NIZOM
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida
korporativ mijozlar uchun “Yangi ish o‘rinlari yarating
va bank xizmatidan bepul foydalaning aksiyasi”ni
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
Muqaddima
1-§. Umumiy qoidalar
2-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari
3-§. Yangi yaratilgan ish o‘rinlari haqida ma’lumotnomani topshirish
4-§. Korporativ mijozlarning aksiya bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqish va bepul bank xizmatini taqdim etish
5-§. Korporativ mijozning bank hisobvarag‘i shartnomasiga berilgan imtiyoz bo‘yicha qo‘shimcha kiritish
6-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki muddatidan oldin to‘xtatish haqida e’lon berish
7-§. Yakuniy qoidalar.
Ushbu hujjat “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (keyingi o‘rinlarda – Bank) tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlik subyektlarini (keyingi o‘rinlarda – korporativ mijoz) qo‘llab quvvatlash maqsadida “Yangi ish o‘rinlari yarating va bank xizmatidan bepul foydalaning aksiyasi”ni (keyingi o‘rinlarda – aksiya) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-§. Umumiy qoidalar
- Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
bank xizmatlari ofisi – Bankning Amaliyot boshqarmasi va bank xizmatlari ofislari;
aksiyada qatnashadigan tadbirkorlik sohalari – avtoservis, umumiy ovqatlanish, avtomobillarni yuvish, go‘zallik saloni, chakana savdo, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, dorixona xizmati, hunarmandchilik, shuningdek o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida Bankning “Biznesga birinchi qadam” mikroqarz (mikrokredit) mahsulotidan foydalangandan so‘ng tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korporativ mijoz.
- Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida Bank tomonidan o‘tkaziladi.
- Aksiya 2024 yil 15 maydan 2025 yilning 15 mayga qadar bo‘lgan davr ichida aksiyada qatnashadigan tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritayotgan bank xizmatlari ofislarining korporativ mijozlari uchun o‘tkaziladi.
2-§. Aksiyada ishtirok etish shartlari
- Aksiyada qatnashadigan tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritayotgan korporativ mijozlarga, ularning aksiya davrida bank xizmatlari ofisiga qilingan murojaati sanasidan boshlab amalga oshirilgan debet aylanmasidan olinadigan vositachilik haqi, ular tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari sonidan kelib chiqib, quyidagi tartibda tekin (bepul) qilib belgilanadi:
- a) 3 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratilganda – 3 oy davomida;
- b) 6 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratilganda – 6 oy davomida;
- d) 10 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratilganda – 10 oy davomida;
- e) 15 tadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratilganda – 12 oy davomida.
O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxs sifatida Bankning “Biznesga birinchi qadam” mikroqarz (mikrokredit) mahsulotidan foydalangandan so‘ng tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan korporativ mijozga, uning tomonidan aksiya davrida bank xizmatlari ofisiga qilingan murojaat sanasidan boshlab amalga oshirilgan debet aylanmasidan olinadigan vositachilik haqi 12 oy davomida tekin (bepul) qilib belgilanadi.
3-§. Yangi yaratilgan ish o‘rinlari haqida ma’lumotnomani topshirish
- Aksiyada qatnashadigan tadbirkorlik sohalarida faoliyat yuritayotgan korporativ mijoz ushbu aksiya bo‘yicha imtiyozni olish ushun yangi ish o‘rinlari yaratilganligini asoslovchi hujjatni, ya’ni my.mehnat.uz saytiga kiritilgan ma’lumotning skrinshot nusxasi ilova qilingan yozna murojaatni bank xizmatlari ofisiga taqdim etadi.
4-§. Korporativ mijozlarning aksiya bo‘yicha murojaatini
ko‘rib chiqish va bepul bank xizmatini taqdim etish
- Aksiya o‘tkazish va bepul bank xizmati taqdim etiladigan korporativ mijozlarni aniqlash, ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-bandi asosida, bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi buyrug‘iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan quyidagi hujjatlarni o‘rganish natijasida amalga oshiriladi:
- a) korporativ mijozlarning yozma murojaatlari;
- b) bepul bank xizmati taqdim etilyotgan korporativ mijozlar haqida bank xizmati ofisi bosh buxgalteri va Chakana biznes bo‘limi boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan qo‘shimcha ma’lumotlar.
Ushbu komissiya yig‘ilishi yuzasidan, uning barcha a’zolari tomonidan imzolangan, bayonnoma rasmiylashtiriladi.
5-§. Korporativ mijozning bank hisobvarag‘i shartnomasiga
berilgan imtiyoz bo‘yicha qo‘shimcha kiritish
- Ushbu Vaqtinchalik nizomning 6-bandida qayd etilgan komissiya yig‘ilishi bayonnomasi asosida korporativ mijozlarga aksiya doirasida taqdim etilgan imtiyoz bo‘yicha ular bilan tuzilgan amaldagi bank hisobvarag‘i shartnomasiga, muayyan muddatga kelishuv bitimi tuzish orqali, qo‘shimcha kiritiladi.
6-§. Aksiyani o‘tkazish, uni to‘xtatish yoki
muddatidan oldin to‘xtatish haqida e’lon berish
- Aksiyani o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot Bankning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalariga e’lon sifatida joylashtiriladi.
Aksiya bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotni Bankning Call markaziga (+998 78 140-00-88) murojaat qilgan holda ham olish mumkin.
Aksiya o‘tkazish to‘xtatilganda yoki muddatidan oldin to‘xtatilganda, aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganda, aksiya muddati uzaytirilganda hamda uni o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritilgan holatlarda bular to‘g‘isida Bankning rasmiy veb-saytida e’lon beriladi.
7-§. Yakuniy qoidalar
- Aksiyani o‘tkazish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizoni tomonlar muzokara yo‘li bilan hal etadi. Muzokara natijasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan taqdirda, nizo O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
- Aksiya o‘tkazilishini to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha javobgarlik ushbu Vaqtinchalik nizomning 6-bandiga muvofiq tuzilgan komissiya a’zolari zimmasiga yuklatiladi.