Ma'lumki, ayni kunlarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan mamlakatimizda "Umumjahon pul haftaligi - 2024" (Global money week - 2024) tadbirlari o'tkazilmoqda.
"Trastbank" XAB tomonidan O'zbekiston Milliy universiteti "Iqtisodiyot" fakulteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Moliya" fakulteti talabalari uchun o'tkazilgan seminar-treninglar shular jumlasidandir.Ushbu o'quv seminarlarida moliyaviy xavfsizlik, bank kartalaridan foydalanishda raqamli va moliyaviy savodxonlikning ahamiyati, shuningdek, kiberhujumlarning oldini olish usullari kabi masalalarga urg'u berildi.
Bundan tashqari, bankdagi omonat turlari, oilaviy budjetni to‘g‘ri rejalashtirish, aloqasiz to‘lov (NFC) yuzasidan amaliy mashg'ulotlar orqali tushunchalar berildi.
Qolaversa, "Trastbank"ning "Raqamli" bank xizmatlari ofisi faoliyati to'g'risida so'z yuritildi hamda bugungi kunda ushbu moliya muassasasi tomonidan zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan xizmat ko'rsatilayotganligi, mobil ilovalarning qulayligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi va o'quv-seminarlarida faol qatnashgan talaba-yoshlarga "Trastbank" XABning esdalik sovg'alari topshirildi.
#trastbankuz #trustbankuz #trastbank30yil #30yillikishonch #трастбанк30лет #30летдоверия #trustbank30years #30yearsoftrust