2025-yil 22-may kuni Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Tashkiliy savollar:
- Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
- Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi kun tartibi:
- “Trastbank” XABning 2024-yil faoliyati yakunlari va 2025-yil uchun rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish;
- 2024-yil uchun Bank moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha xulosani tasdiqlash;
- 2024-yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:
- moliyaviy holat to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- foyda va zarar hamda boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risida jamlangan hisobot,
- kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisobot,
- 2024-yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumot.
- Foydani taqsimlash:
- 2024-yilda olingan foydani;
- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi.
- Bank faoliyatining 2025-yilning 1-yarim yilligi va 2025-yil yakunlari bo‘yicha majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash, shartnomalarni tuzish hamda audit xizmatlariga to‘lanadigan haqning eng yuqori miqdorini tasdiqlash.
- “Trastbank” XAB Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risida;
- Balansdan tashqari hisoblarda hisobi yuritilayotgan, umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha 2024-yilda ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi;
- Balansdan tashqari hisobvaraqdan aktivni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi Bank Kuzatuv kengashining bayonnoma qarorini tasdiqlash;
- Bank Kuzatuv Kengashining 2024-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisoboti;
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
- Belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyoriga qaytarish;
- 2024-yil yakuni bo‘yicha Bankda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
- Agar ikki va undan ortiq Kuzatuv kengashining a’zolari afillangan shaxslar bo‘lsa affillangan shaxs bilan kelgusida kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni ma’qullash to‘g‘risida.
O‘tkazilish vaqti: “Trastbank” XAB aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 2025-yil 22-may kuni soat 15:00 da Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana – 2025-yil 28-aprel.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida 2025-yil 16-may holatiga shakllantiriladigan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
Sayt:www.trusbank.uz
E-mail: info@trustbank.uz