2026-yil 18-fevral kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Bank Kuzatuv Kengashi a’zosi M.Karimova olib bordi.
Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, e’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdori, shuningdek, oddiy va imtiyozli aksiyalar sonini aniqlash, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdorini oshirish, Bank ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash to‘g‘risidagi masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
Bundan tashqari, “Trastbank” XABning ichki nazorati to‘g‘risidagi nizom, Bank Kuzatuv kengashi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va “Trastbank” XAB aksiyadorlari bilan ichki nazorat organlarining o‘zaro aloqalari hamda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda moliya muassasasi boshqaruvi oldiga mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va operativligini yanada oshirish, onlayn banking xizmatlarini keng joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarga qat’iy amal qilish borasida tizimli ishlarni jadal olib borish kabi vazifalar qo‘yildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
11



