Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan rasmiy munosabat

Yangilangan sana: 18 Aprel 2025, 19:46
Bank xizmatlari markaziga uyushtirilgan bosqinchilik harakati yuzasidan rasmiy munosabat
18 Apr 2025

 Bugun, 18-aprel kuni soat 16:30 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Toshkent shahri Yunusobod tumani “Moyqo‘rg‘on” ko‘chasi 39-uyda joylashgan “Turkiston” bank xizmatlari markaziga noma’lum shaxs tomonidan hujum uyushtirilgan. Ushbu shaxs qora niqob kiygan holda dastasi qora izolyatsion lenta bilan o‘ralgan soxta quroldan foydalanib, bosqinchilik harakatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Biroq bank xodimlari tomonidan yuborilgan favqulodda qo‘ng‘iroq asosida zudlik bilan hodisa joyiga Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari yetib kelib, bosqinchilik harakatini bartaraf etgan va gumondor shaxsni qo‘lga olgan.
 Hodisa oqibatida yuqoridagi shaxs tomonidan BXM binosining kirish eshigi oynasiga shikast yetkazilgan. Shuningdek, bank xodimlari va mijozlariga hamda BXM kassasida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lariga hech qanday ziyon yetkazilmagan.
 Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 "Trastbank" XAB 
 Axborot xizmati

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 535
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech