2024-yilda O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tomonidan mamlakatimizdagi tijorat banklari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazilgan edi. Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi faol ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.
O‘zaro do‘stona muhitga zamin yaratgan mazkur musobaqa joriy yilda ham bo‘lib o‘tadi. 2025-yil 25-oktabrdan 15-noyabrga qadar davom etadigan ushbu turnirda bankimizning epchil futbolchilari ham qatnashadi.
Bugun, moliya muassasi Bosh ofisida “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Z.Kurganov jamoa a’zolari bilan uchrashib, ularning musobaqa davomidagi to‘psurishlarida muvaffaqiyat tiladi. Bundan tashqari, muntazam ravishda puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, turnir shohsupasining yuqori pog‘onalarini zabt etishiga ishonch bildirdi.
Shu o‘rinda, futbolchi yigitlarimizga muvaffaqiyat hamda taktikaga va gollar shodasiga boy o‘yin ko‘rsatishini tilab qolamiz.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
3




