Bugun, 8-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida yuksak ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Burch, jasorat, matonat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda moliya muassasasi jamoasi, O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhamedova ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni xalqimiz tomonidan keng nishonlanadigan, qolaversa, inson qadri, millat va xalq tarixiy xotirasini ulug‘laydigan muhim sana hisoblanadi. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi muqaddas qadriyat bo‘lib, u inson qalbida vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.

Tadbirda Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat, inson qadri, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yosh avlod tarbiyasi hamda jamiyatda ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash kabi dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.





