Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mijozlar!
Barchangizni yaqinlashib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan tabriklaymiz!
Bayram munosabati bilan yurtdoshlarimizga va yurtimiz mehmonlariga bank xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2024-yil 28–31-dekabr va 2025-yil 1–2-yanvar kunlari soat 09:00 dan 16:00 ga qadar “Trastbank” XAB Amaliyot boshqarmasi va BXOlar qoshidagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari, qolaversa, Xalqaro pul o‘tkazmalari ish faoliyatida bo‘lishini maʼlum qilamiz.
Bundan tashqari, Siz “Trastpay” mobil ilovasidan hamda 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlarimizdan foydalanishingiz mumkin.
Quyida ish faoliyatida bo‘ladigan VASH va Xalqaro pul o‘tkazmalari jadvali ilova qilinadi: