“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “e-baholash” dasturini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh ofisning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutasaddilari, korporativ kreditlash yo‘nalishidagi mas’ullar, videokonfernsaloqa tizimi orqali hududlardagi bank xizmatlari ofislari va markazlari xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda “e-baholash.uz” dasturini integratsiya qilish, uning imkoniyatlari va mazkur dasturdan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot qilindi. Xususan, ko‘chmas mulkni baholash, baholanayotgan mulkni tahrirlash, avtobaholash tizimlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning savollariga batafsil javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
46