2025-yil 20-oktabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida moliya muassasasi Ijro apparati tomonidan navbatdagi o‘quv-seminari o‘tkazildi. Unda tarkibiy tuzilmalar mutasaddilari, videokonferensaloqa tizimi orqali hududlardagi bank xizmatlari ofislari mas’ullari ishtirok etdi.
Seminarda “ADAMS” avtomatlashgan elektron hujjatlar aylanmasi dasturiy ta’minot tizimi orqali xat-hujjatlarni yuritish ishlari yuzasidan taqdimot qilindi. Bundan tashqari, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirish tartib qoidalari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilarining belgilangan muddatda hujjatlar yaratish va ularni tegishli ijrochiga jo‘natish kabi texnik vazifalar bo‘yicha berilgan savollariga batafsil javob qaytarildi.