Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish”mavzusida seminar o‘tkazildi
8 Yan 2026

  Bugun, 8-yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda moliya muassasasi mas’ul xodimlari, qolaversa, videokonferensaloqa tarzida hududlardagi bank xizmatlari ofislari mutasaddilari ishtirok etdi.
 Seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh inspektori Akmal Yunusov tomonidan ma’ruza qilindi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati hamda Prezidentimizning 2025-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.photo_2026-01-08_17-15-05.jpg Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ham ayni shu masalaga alohida to‘xtalib, korrupsiyaga qarshi kurashish uchun yangi tizim joriy etilishini ma’lum qilganiga urg‘u berildi. “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdiddir. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa – islohotlarimizga xiyonat. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz, – deya ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari.photo_2026-01-08_17-15-09.jpg Shuningdek, seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha qaytarildi. photo_2026-01-08_17-15-14.jpg Ta’kidlash joizki, bu kabi tadbirlar bank xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ularning mazkur yo‘nalishda bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 37

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech