“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining milliy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, “Trastbank” XAB mijozlarining milliy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflarining (yuridik shaxslar/yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish uchun) “Standart”, “Exclusive”, “UzEx” (so‘m), “BXM” tarif rejalariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Muddati o‘tgan foiz to‘lovi yuzaga kelganda o‘rnatiladigan penya xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar kredit liniyasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar (jumladan, muddati o‘tgan asosiy qarz uchun oshirilgan stavkada hisoblangan foiz) kredit shartnomasiga muvofiq foiz to‘lovi qaytarilishi uchun belgilangan sanada so‘ndirilmaganda, o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovning har bir kuni uchun 0,5% miqdorida, lekin muddati o‘tgan foiz qarzdorligining 50 foizidan oshmagan miqdorda penya undiriladi.
Bundan tashqari, “Trastbank” XAB “Raqamli” BXO mijozlarining milliy valyutadagi topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflarining (yuridik shaxslar/yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish uchun) “Start”, “Comfort”, “Develop”, “Premium”, “Universal” tarif rejalariga o‘zgartirish kiritilmoqda. Muddati o‘tgan foiz to‘lovi yuzaga kelganda o‘rnatiladigan penya xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladigan kreditlar kredit liniyasi shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar (jumladan, muddati o‘tgan asosiy qarz uchun oshirilgan stavkada hisoblangan foiz) kredit shatrtnomasiga muvofiq foiz to‘lovi qaytarilishi uchun belgilangan sanada so‘ndirilmaganda, o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovning har bir kuni uchun 0,5% miqdorida, lekin muddati o‘tgan foiz qarzdorligining 50 foizidan oshmagan miqdorda penya undiriladi.
Mazkur o‘zgartirishlar 2026-yil 13-aprel kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
Batafsil ma’lumot uchun havola: https://trastbank.uz/uz/corporate/tariffs/

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
16


