Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarning topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda

Yangilangan sana: ...
23 Okt 2026
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga o‘zgartirishlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz.

Xususan, ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida eskrou hisobvaraq bilan bog‘liq xizmatlar (naqd yoki naqdsiz kirim qilish, sotuvchiga o‘tkazish va sotuvchiga naqd pulda berish yoki boshqa hisobvaraqqa o‘tkazish) uchun komissiya miqdori quyidagicha belgilanmoqda.

Agar xaridor va sotuvchiga bitta bankda xizmat ko‘rsatilsa:
Ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi (amaliyoti) bo‘yicha 1 ta bitim QQSni hisobga olgan holda BHMning 50 foizi miqdorida, avtotransport vositasi oldi-sotdi bitimi (amaliyoti) bo‘yicha 1 ta bitim QQSni hisobga olgan holda BHMning 25 foizi miqdorida qilib belgilanmoqda.

Agar xaridor va sotuvchi turli tijorat banklarida xizmat ko‘rsatiladigan hollarda:
Ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi (amaliyoti) bo‘yicha 1 ta bitim QQSni hisobga olgan holda BHMning 25 foizi miqdorida, avtotransport vositasi oldi-sotdi
bitimi (amaliyoti) bo‘yicha 1 ta bitim QQSni hisobga olgan holda BHMning 12,5 foizi miqdorida etib belgilanmoqda.

Mazkur o‘zgartirishlar 2026-yil 3-noyabrdan kuchga kiradi.
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech