Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi tadbirkorlari va brokerlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi tadbirkorlari va brokerlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
19 Fev 2026

Joriy yilning 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Birja tadbirkorlari va brokerlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda “Trastbank” XAB Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va poytaxtimizdagi Bank xizmatlari ofislarining masʼul xodimlari hamda O‘zbekiston Respublika Tovar-xom ashyo birjasi Toshkent filiali rahbari H.Navro‘zov ishtirok etdi.photo_2026-02-19_18-11-46.jpg

photo_2026-02-19_18-11-49.jpg Dastavval “Trastbank” XAB Bank bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuxamedov tomonidan Birja tadbirkorlari va brokerlari uchun ishlab chiqilgan qulay shartlaridagi bank mahsulotlari, jumladan, milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlarning birja savdolarining aylanma kapitali uchun kreditlar, avto va chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar taqdim etildi.photo_2026-02-19_18-11-54.jpg

photo_2026-02-19_18-11-51.jpg Bundan tashqari, uchrashuv davomida Birja savdolari tadbirkorlari va brokerlar tomonidan berilgan savollarga Bank masʼullari tomonidan atroflicha javob berildi.photo_2026-02-19_18-11-47.jpg Shuningdek, tadbirkor hamda brokerlarning bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalari tinglandi.photo_2026-02-19_18-11-24.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech