Bugun, 24-fevral kuni “Trastbank” XAB “Darxon” bank xizmatlari ofisida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan O‘zLiDeP viloyat, tuman va shahar Kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbarlarining siyosiy hamda professional malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
“Trastbank” qoshida tashkil etilgan Boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tgan ushbu seminarda O‘zLiDeP Amaliy loyihalar va siyosiy taʼlim markazi rahbari Nasimjon Alimov, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi bo‘lim mudiri, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ulug‘bek Ishanxodjayev, O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Abdurashid G‘afurov, Viloyat partiya Kengashlari va tuman, shahar Kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbarlari, BPT raisi va aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent shahridagi namunali bo‘lgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati va kelgusidagi rejalar to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga to‘liq maʼlumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari BPT xonasi, hujjatlar nomenklaturasi, partiya atributlari borligi, BPT faoliyati hamda amalga oshirilgan ishlar to‘rg‘isidagi maʼlumotlar bilan to‘liq tanishdilar.






