Raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlik madaniyati juda muhim. OneID orqali endi siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi tashkilotlar ko‘rishi yoki foydalana olishini o‘zingiz boshqarishingiz mumkin.
Ya'ni bank, moliya, sug‘urta, telekommunikatsiya va boshqa tizimlarga ma’lumot berish yoki cheklash – sizning roziligingiz asosida amalga oshadi.
OneID orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi tashkilotlarga taqdim etish yoki ularni cheklashni mustaqil boshqarishingiz mumkin:
* Kompyuter orqali id.egov.uz saytiga kiring.
* Agar ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, ro‘yxatdan o‘ting.
* ERI (imzo) yoki Mobile-ID orqali tizimga kiring.
* “Shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish” bo‘limini oching.
* Kerakli tashkilot yonidagi qulfni yoqing yoki o‘chiring.
Agar OneID’ga QR-kod orqali kirsangiz, bo‘lim avtomatik faollashadi:
* Google Play yoki App Store’dan OneID ilovasini yuklab oling.
* Mobile-ID yoki MyID orqali avtorizatsiyadan o‘ting.
* Ilovadagi skanerlash tugmasini bosing.
* Kompyuterdagi QR-kodni skanerlang.
Nima uchun bu muhim?
* Ma’lumotlardan foydalanish huquqini cheklash
* Bu – kiberjinoyatchilikdan himoyalanishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi va shaxsiy ma’lumotlaringiz nazorat ostida bo‘ladi.
Shaxsiy xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!





