Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va “UzCard” tomonidan poytaxtimizdagi qator mahallalarda bolajonlar uchun tadbir tashkil etildi.
Jumladan, “Trastbank”ning “Beltepa”, “Bo‘ston” va “Iyk ota” MFYdagi kutubxonalarida o‘tkazilgan tadbirlar bolajonlarga katta taassurot qoldirdi. Boisi, ular moliyaviy savodxonlik borasida bilimlarga ega bo‘lish barobarida animatsion dasturlar, shaxsiy mablag‘larni boshqarishga doir videoroliklarni tomosha qilishdi.
Shuningdek, tadbirda “Trastbank” tomonidan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ta’kidlash joizki, Bank tashabbusi bilan mahallalarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan kutubxonalar bugun yosh-u keksaga ilm ziyosini taratmoqda. Eng muhimi, yoshlarning moliya-iqtisod bo‘yicha qarorlar qabul qilishi uchun zarur ko‘nikmalarni o‘zlashtirishida zamin yaratmoqda.


Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
297



