Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Raqamli moliyaviy xizmatlar - bank va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi shakli

Yangilangan sana: 22 Iyul 2024, 17:11
Raqamli moliyaviy xizmatlar - bank va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi shakli
22 Iyul 2024

Bugungi kunda bank xizmatlari sifatini yanada oshirishda raqamli-moliyaviy xizmatlar va texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida ham “onlayn banking”ni qo‘llash, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va mobil ilovalar rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, kuni kecha “Trastbank” XAB Bosh ofisida zamonaviy masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi “Multibank” ilovasining taqdimoti o‘tkazildi. Unda Bank rahbariyati, barcha departament direktorlari va boshqarma boshliqlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.n2Tadbirda “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Z.Kurganov kirish so‘zi bilan qatnashib, o‘tgan davr mobaynida moliya muassasida zamonaviy yondashuvga asoslangan, onlayn bank xizmatlarini ko‘rsatadigan ilovalar mijozlarga taqdim etib kelinayotganini ta’kidladi.n3Bundan tashqari, ushbu loyiha rahbari Viktor Veksler tomonidan “Multibank” ilovaning xususiyatlari va afzalliklari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi, tavsiya qilinayotgan bank mahsulotlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Qolaversa, ilovadan foydalanishning qulayligi, bank va mijoz o‘rtasida onlayn ishonchli aloqa tizimining o‘rnatilganligi, ortiqcha hujjatlarning talab etilmasligi esa mijozlarning ortiqcha ovoragarchilikdan xalos bo‘lishiga xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.n4Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun bank hisob raqami ochish, to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod kabi xizmatlar bo‘yicha ham tushuntirish berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 586
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech